Saidyoqub Qahramonov UFC'dagi uchinchi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

UFC'dagi (Ultimate Fighting Championship) o‘zbekistonlik jangchilardan biri Saidyoqub Qahramonov promoushendagi navbatdagi jangini joriy yilning 17 dekabr kuni o‘tkazadi. Saidyoqub bu haqda o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilgan.

“Men UFC'dan shartnoma oldim. Navbatdagi raqibimni taxmin qiling? Biz 17 dekabrda qaytamiz”, degan Qahramonov.

Samarqandlik sportchi aralash janglar bo‘yicha dunyoning eng nufuzli tashkiloti bo‘lgan UFC'da oktagonga ko‘tarilgan 4 nafar o‘zbekistonlikdan biri hisoblanadi. Qahramonovdan tashqari UFC'da Mahmud Murodov, Zarrux Adashev va Liliya Shakirova ham jang o‘tkazgan. Adashev va Shakirova hozirda promoushenda jang o‘tkazmayapti. Oddiy qilib aytganda, UFC ular bilan shartnomani uzaytirmagan. Murodov esa navbatdagi jangini shu yilning 22 oktyabr kuni Abu-Dabida o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Qahramonov hozirgacha UFC'da ikkita jang o‘tkazib, ikkisida ham g‘alaba qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saidyoqub Qahramonov

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing