O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi MMA'dagi faoliyatini yakunladi

Sport

image

O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov MMA'dagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda sportchining o‘zi Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, samarqandlik aralash yakkakurashlar ustasi endilikda sportdagi faoliyatini butkul tugatgan va umuman boshqa sohada ishlamoqda.

“Yonimda atigi bir nechta odam qoldi, bu ham bo‘lsa mening oilam. Men bu narsalarni yig‘ishtirdim, endi oilaviy hayotimni izga solmoqchiman. MMA'dagi kareram davomida ko‘p narsani o‘tkazib yuboribman, endilikda meni yaxshi biznesmen sifatida ko‘rishingiz mumkin”, deydi Qahramonov.

Ma’lumot uchun, Saidyoqub Qahramonov professional faoliyati davomida 13 ta jangda ishtirok etib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan va 3 marta raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Shuningdek, u dunyoning eng nomdor MMA promousheni hisoblangan UFC tashkilotida ham 3 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 2 ta bahsda zafar quchgan hamda 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U UFC'dagi so‘ngi jangini rossiyalik Said Nurmuhammedovga qarshi o‘tkazib, ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC MMA Saidyoqub Qahramonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing