O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi amerikalik “maxluq” bilan jang qilmoqchi
Sport
−
07 avgust 2023
16095O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov tashkilot prezidenti Dana Uaytga murojaat qilib, undan jang so‘radi.
Qahramonov “The Monster” laqabi bilan mashhur bo‘lgan amerikalik Deymon Blekshirga qarshi jang qilmoqchi.
“Men keyingi xaftagacha 61 kg vazn qila oladigan yagona sportchiman. Deymon Blekshir, Dana Uayt, Shon Shelbi bu jangni tashkil qilaylik, ajoyib shou ko‘rsatamiz”, deydi Qahramonov.
Deymon Blekshir faoliyati davomida 19 ta jangda qatnashib, 14 ta g‘alaba qayd etgan. Amerikalik sportchi 4 ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, 1 ta jangida durang qayd etilgan. Saidyoqub Qahramonov esa 13 ta jangda ishtirok etib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan va 3 marta raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qahramonov MMA'dagi faoliyati yakunlanganini e’lon qildi. U Twitter'da qoldirgan xabarida kelgusida oilasiga e’tibor qaratmoqchi ekanligini aytgandi.
LiveBarchasi