Zalujniy Ukraina prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi
Olam
−
01 iyul 4642 2 daqiqa
Ukrainaning sobiq Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, hozirda mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi bo‘lgan Valeriy Zalujniy prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “Ukrainska Pravda” xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Zalujniy Kiyevga chaqirilgan va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan. Suhbat davomida Zelenskiy kuzda prezidentlik saylovlarini o‘tkazilishini aytib, mamlakatda ichki bo‘linish yuzaga kelmasligi uchun o‘zi va Zalujniy o‘rtasidagi siyosiy raqobatdan qochish zarurligini ta’kidlagan.
Manbalarga ko‘ra, Zelenskiy Zalujniydan: “Agar saylovlar kuzda bo‘lsa, nomzodingizni qo‘yasizmi?” deb so‘ragan. Sobiq bosh qo‘mondon esa: “Ha, qatnashaman”, deb javob bergan.
Shundan so‘ng Zalujniy bilan Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustam Umarov hamda hukmron “Xalq xizmatchisi” partiyasi fraksiyasi rahbari David Araxamiya ham uchrashgan. Ular ham jamiyatning bo‘linishi va davlat uchun xavflarni tilga olib, uni qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan. Biroq Zalujniy o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmagan.
Ushbu uchrashuvlardan so‘ng Zelenskiy jamoasining kuzda prezidentlik saylovlarini o‘tkazish rejasi jiddiy to‘siqqa duch kelgan.
Mazkur ma’lumotlar anonim manbalariga asoslanganligi qayd etilgan. Ukraina rasmiylari va Valeriy Zalujniy bu xabar yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidentlik saylovlari va Rossiya bilan ehtimoliy tinchlik shartnomasi bo‘yicha referendum o‘tkazish masalasini muhokama qilishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust