Ukraina prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga tayyorlanmoqda – OAV

Olam

image

Ukraina prezidentlik saylovlari va Rossiya bilan ehtimoliy tinchlik shartnomasi bo‘yicha referendum o‘tkazish masalasini muhokama qilishni boshladi. Bu haqda bugun, 11 fevral kuni “Financial Times” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, AQSH ma’muriyati Ukraina tomonidan prezidentlik saylovi va tinchlik kelishuvi bo‘yicha referendumni 15 mayga qadar o‘tkazishni talab qilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu talab bajarilmasa, Ukraina AQSH tomonidan taqdim etilayotgan xavfsizlik kafolatlaridan mahrum bo‘lishi mumkin.

Hozircha Ukraina rasmiylari tomonidan prezidentlik saylovi va tinchlik kelishuvi bo‘yicha hech qanday qaror e’lon qilinmagan. Shu bilan birga, urush sharoitida saylov o‘tkazish masalasi mamlakat ichida va xalqaro miqyosda muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Ukrainada amaldagi qonunchilikka ko‘ra, harbiy holat davrida saylovlar o‘tkazish taqiqlangan. Shu bois, ehtimoliy ovoz berish jarayonlarini tashkil etish uchun qo‘shimcha siyosiy va huquqiy qarorlar qabul qilinishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Ukraina va Rossiyaga urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun joriy yilning iyun oyiga qadar muddat bergandi. Agar belgilangan muddatda kelishuvga erishilmasa, AQSH har ikki tomonga ham bosim o‘tkazishi mumkinligi xabar qilingandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukraina saylov prezident

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing