AQSH Ukraina va Rossiyaga urushni tugatish uchun muddat berdi – Zelenskiy

Olam

image

AQSH Ukraina va Rossiyaga qariyb to‘rt yillik urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun joriy yilning iyun oyiga qadar muddat bergan. Bu haqda kecha, 6 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, agar belgilangan muddatda kelishuvga erishilmasa, AQSH har ikki tomonga ham bosim o‘tkazishi mumkin.

“AQSH urushni yoz faslining boshiga qadar tugatishni talab qilmoqda. Aks holda, har ikki tomonga ham mos ravishda bosim bo‘lishini ta’kidlamoqda”, degan Zelenskiy. 

Shuningdek, Ukraina Prezidenti kelasi haftada Ukraina, Rossiya va AQSH ishtirokida uch tomonlama muzokaralarning navbatdagi bosqichi o‘tkazilishini bildirgan. Uchrashuv AQSH hududida, ehtimol Mayami shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin. Ukraina bu muzokaralarda ishtirok etishini tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, iyun oyiga qadar belgilangan muddat AQSH vositachiligida Abu-Dabida o‘tkazilgan so‘nggi uch tomonlama muzokaralardan keyin belgilangan. Biroq, tomonlar o‘z talablaridan voz kechmagani sababli muzokaralarda sezilarli natijaga erishilmagan.

Rossiya Ukrainadan Donbass hududidan chiqib ketishni talab qilmoqda. Kiyev esa ushbu shartni qat’iyan rad etib, bunga hech qachon rozi bo‘lmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy “France 2” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya bilan mojaroda Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 55 ming kishidan oshganini aytgan edi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing