Zaharlangan Aleksey Navalniy o‘ziga keldi
Olam
−
10 Sentabr 2020
7107Berlin politsiyasi rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy davolanayotgan Charite klinikasida xavfsizlik choralarini oshirdi. Hozirda Navalniy gapira olyapti va katta ehtimol bilan shifoxonaga yotqizilguncha, samolyotda bo‘lgan voqealarni eslay oladi. Bu haqda “Der Spiegel” jurnali xabar berdi.
Qo‘riqlashning kuchaytirilishi Navalniyning o‘ziga kelganini eshitib, u bilan ko‘rishishni istovichilar ko‘payishi mumkinligi bilan izohlangan. Shu sababdan uning hayotiga xavf ortgan.
TASSning yozishicha, Berlin politsiyasi qanday xavfsizlik choralari ko‘rilayotganini ochiqlay olmasligini ma’lum qilgan.
“Biz hech qachon bu borada izoh bermaymiz”, deygan politsiya xodimlari.
Navalniyning ahvoli haqida klinikada ham ma’lumot berishmagan.
“Biz bemorning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni uning yaqinlari ruxsati bilangina taqdim etamiz”, deyishgan shifoxonada.
Avvalroq, Navalniy “Novichok” zaharining modifikatsiyalangan versiyasi bilan zaharlangani haqida xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy Tomskdan Moskvaga samolyotda qaytayotganda tobi qochib, zudlik bilan Omskdagi shifoxonaga yotqizildi. Uning tarafdorlari Navalniyni Germaniyaga olib ketish harakatiga tushdi. Ammo ikki kun davomida Omskdagi shifoxona shifokorlari uni ko‘chirishga ruxsat bermay keldi.
Bu orada Navalniyni zaharlangan deb taxmin qilayotganlar bu harakatni Kremlning rejasi deb baholadi. Ikki kundan keyin siyosatchi Berlinga olib ketildi. Germaniya Hukumati Rossiyadan holat bo‘yicha shaffof tekshiruv boshlashni so‘radi. Kreml bu chaqiruvga munosabat bildirib, zaharlanishni isbotlovchi dalil yo‘qligini ma’lum qildi.
Rossiya esa bildirilayotgan ayblovlarga nisbatan, G‘arb davlatlari va NATOni "Novichok" guruhiga kiruvchi kimyoviy modda o‘ylab topishda aybladi.
LiveBarchasi