Yuzdan ortiq O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari janjal sabab Rossiyadan deport qilinadi
Olam
−
01 iyun 2022
7390Moskvadagi qurilish maydonchasida ommaviy janjal uyushtirgani uchun yuzdan ortiq Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadan deportatsiya qilinmoqda. Bu haqda Moskvaning Troitskiy sudiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, migrantlarni Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirish bo‘yicha 107 ta qaror qabul qilingan. Ular u yerda 90 kun bo‘ladi, shundan so‘ng Rossiyadan deportatsiya qilinadi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 aprel kuni muhojirlar o‘rtasidagi mojaro Shelepixinskaya qirg‘og‘ida joylashgan Moskva turar-joy majmuasi qurilishida janjal yuz bergandi. Janjalga tojikistonlik ishchi o‘zbekistonlik boshqa ishchini ahmoq degani sabab bo‘lgan. Voqeadan so‘ng mushtlashuv ishtirokchilari ma’muriy javobgarlikka tortilgan, politsiya esa ularning mamlakatda qolish muddatini qisqartirib, mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgan.
LiveBarchasi