Qöqonda 66 yoşli erkak tanişini uxlab yotganida lom bilan urib öldirdi
3-sahifa
−
11:47 735 2 daqiqa
Joriy yilning 4 aprel kuni Farğona viloyatining Qöqon şahrida 66 yoşli erkak spirtli içimlik iste’mol qilgan tanişini temir lom bilan urib öldirdi. Bu haqda Oliy sudning Jamoatçilik bilan aloqalar markazi boş konsultanti Aziz Abidov özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa kuni soat 18:00 lar atrofida ikki taniş sudlanuvçining xonadonida birga spirtli içimlik iste’mol qilgan. Mastlik oqibatida ular örtasida oğzaki janjal kelib çiqqan. Janjal vaqtida marhum sudlanuvçining yuziga bir neça marta urgan.
Şundan söng, 66 yoşli erkak hovlidagi temir lomni olib, yaşaş xonasida uxlab yotgan tanişining yuz va boş qismiga, şuningdek, tanasining boşqa joylariga bir neça bor zarba bergan. Oqibatda jabrlanuvçi vafot etgan.
Bildirilişiça, mazkur jinoyat işi Qöqon şahar jinoyat işlari böyiça sudida körib çiqilgan. Sudlanuvçi aybiga töliq iqror bölgan va sud tomonidan töplangan dalillar asosida uning aybi tasdiqlangan.
Sud hukmi bilan erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) ikkinçi qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 50-moddasi (Ozodlikdan mahrum qiliş) tartibida 13 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida ona 3 yaşar ögay qizini urib öldirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi