Yuristlar malakasini oshirish markaziga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
05 aprel
5194Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Yesemurat Sultamuratovich Kanyazov vazirlik qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga direktor etib tayinlandi. Bu haqda bugun, 5 aprel kuni Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yesemurat Kanyazov 1971 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanoy tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1993 yilda Moskva davlat avtomobil yo‘llari instituti, 1999 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-quruvchi va huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 1996 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2001 yil aprel-oktyabr oylarida O‘zbekiston Adliya vazirining yordamchisi, 2001-2005 yillarda Adliya vazirligining Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i, 2005-2011 yillarda Adliya vaziri o‘rinbosari, 2011-2013 yillarda Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2013-2019 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasida ishlagan.
Tayinlovga qadar Kanyazov Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sud tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirilgan edi.
LiveBarchasi