Yunusobod metro liniyasida harakat tiklandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi yangi stansiyalarni ishga tushirish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilishi munosabati bilan yopilgani haqida xabar bergan edik.

“Toshkent metropoliteni” UKning ma’lum qilishicha, hozir Yunusobod metro liniyasi faoliyati qayta tiklangan.

“Bugun Yunusobod yo‘nalishida yangi metro stansiyalarini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘nalish vaqtincha yopilgandi. Hozirgi vaqtda harakat qayta tiklandi. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Yunusobod yo‘nalishida kecha ham ayni shu sabab bilan harakatlar vaqtincha to‘xtatib turilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing