Yevropada koronovirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim qayd etildi

Olam

image

Fransiyada 80 yoshni qarshilagan xitoylik sayyoh koronavirusdan vafot etdi. Bu Yevropadagi koronavirusga bog‘liq bo‘lgan birinchi o‘lim holati hisoblanadi. Bu haqda Fransiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Agnes Bouzen ma’lum qildi.

"16 yanvar kuni Xubeydan Fransiyaga kelgan xitoylik sayyoh karonavirus sababli vafot etdi. Unda kasallik aniqlanishi bilan Bichat shifoxonasiga yotqizilgan edi. Uni izolyatsiya qilish uchun qattiq choralar ko‘rilgandi. Oxirgi kunlarda uning ahvoli yomonlashib bir necha kun reanimatsiyada yotgan edi", dedi Bouzen.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy ma’murlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) mamlakatning markaziy qismidagi Xubey viloyati Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishgan edi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar. Bu 2019-nCoV virusi edi. JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy COVID-2019 deb nom berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu virus bilan kasallanganlar soni 67 100 nafarga yetgan. Undan halok bo‘lganlar esa 1526 nafarni tashkil qilib turibdi. Bu virusdan sog‘ayganlar ham bor. Ularning soni 8206 nafarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa koronovirus

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing