Xitoyda yangi virus tarqaldi. TIV o‘zbekistonliklarni ogohlantirmoqda
Jamiyat
−
13 yanvar 2020
13335Xitoyda yangi virus tarqaldi. Ayni vaqtda koronavirusdan 40 kishi kasallangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy rasmiy idoralari 2020 yil 11 yanvar kuni Uxan shahrida koronavirusning yangi tipidan vafot etgan birinchi fuqaro haqida xabar bergan. Uxan shahri sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.
Kasallik tarqatuvchisi “koronavirusning avval ma’lum bo‘lmagan tipi” hisoblanadi. Olimlar tomonidan virus genomi o‘rganib chiqilgan.
Elchixona Konsullik bo‘limi Uxan shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazgani aytilmoqda.
“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr