“Biryoqlama” bayonot ortidan Eron elçisi Özbekiston TIVga çaqirtirildi
Jamiyat
−
19:54 5237 3 daqiqa
Eronning Armanistondagi elçixonasi Registon maydoni haqida bahsli bayonot bergani ortidan uşbu mamlakatning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Muhammad Ali Iskandariy Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirildi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bayonot berdi.
Joriy yilning 19 oktyabr kuni AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga kelgan edi va u Registon maydonidan turib murojaat yöllagandi. U öz murojaatida Samarqand şahrini dunyoda muhim ahamiyatga ega kam sonli şaharlardan biri ekanini aytgan.
“Yer yuzida Samarqand kabi global savdoda tarixan muhim rol öynagan joylar kamdan-kam uçraydi. Bugun bu yerda bölib, nafaqat tarixni yodga oliş, balki kelajak uçun imkoniyatlar haqida fikr yuritiş men uçun şarafdir”, degan edi Rubio.
Uning uşbu murojaati X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilindi. Eronning Armanistondagi elçixonasi esa Rubioning postini belgilab, Registon fors fors sivilizatsiyasining bir qismi ekanini yozdi.

“Tarixni örganayotganingiz juda soz! Siz turgan bu joy Fors sivilizatsiyasi va me’morçiligining bir qismidir. Ötgan hafta Akropolda safsata sotib valdiragan öşa sivilizatsiyaning özginasi!” deya yozib qoldirilgan diplomatik missiya sahifasida.
Bundan taşqari, Eronning Zimbabvedagi elçixonasi Registon maydonidagi ravoqlarni Eron-islom sivilizatsiyasiga xos me’moriy belgi deb atagan bölsa, Bolgariyadagi elçixonasi Rubio Samarqandda fors merosi fonida suratga tuşganini yozgan.


Ma’lum bölişiça, uşbu masala yuzasidan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tomonidan tegişli diplomatik çoralar körilgan. Xususan, joriy yilning 23 oktyabr kuni Eron Islom Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Muhammad Ali Iskandariy Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirilgan.
Eron tomoniga Özbekistonning qat’iy e’tirozini ifodalovçi norozilik notasi topşirilgan.
“E’tirozga Eronning xorijiy davlatlardagi bir qator diplomatik vakolatxonalari tomonidan X ijtimoiy tarmoğida Samarqand şahrining tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qiluvçi materiallarning e’lon qilinişi sabab böldi”, deyiladi Özbekiston TIV bayonotida.
Qayd etilişiça, uçraşuv davomida Samarqand, Buxoro, Xiva va Özbekistonning boşqa tarixiy şaharlari merosi köp asrlar davomida şakllangan boy va köp qirrali tarixiy-madaniy taraqqiyotning ajralmas qismi ekani ta’kidlangan. Samarqandning tarixiy-madaniy qiyofasi özbek xalqining köp asrlik tarixi, davlatçilik an’analari va madaniy taraqqiyotini aks ettirişi uqtirilgan.
Şuningdek, diplomatik vakolatxonalarning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadigan materiallar özaro hurmat va işonç tamoyillariga muvofiq bölişi, tarixiy-madaniy masalalarning siyosiylaştirilişiga olib kelmasligi lozimligi urğulangan.
Eron tomoniga tegişli postlarni diplomatik vakolatxonalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olib taşlaş hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanişiga yöl qöymaslik böyiça zarur çoralar köriş talabi bildirilgan.
“Özbekiston Eron bilan özaro hurmat va işonçga asoslangan munosabatlarni qadrlaydi. Şu bilan birga, mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosini biryoqlama talqin qilişga nisbatan prinsipial pozitsiyasini saqlab qoladi”, deyiladi bayonotda.
Live
Barchasi