Koronavirus qurbonlari soni 200 dan oshdi. JSST xalqaro favqulodda vaziyat e’lon qildi

Olam

image
Xitoydagi talabalarga masofadan o‘qish belgilandi north_east

Xitoydagi talabalarga masofadan o‘qish belgilandi

Xitoyning Xubey viloyati Uxan shahrida paydo bo‘lgan yangi koronavirusdan vafot etganlar soni 200 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar 10 mingga yaqinlashdi.

Bugunga kelib, koronavirus qurbonlari soni 213 nafarga yetdi. Kecha qurbonlar 170 nafarni tashkil qilayotgandi. Dunyo bo‘yicha virus bilan kasallanganlar soni esa 9816 nafarga yetdi. Bu kechagi raqamlardan 2 mingtaga ko‘p. Xitoyda ushbu virus bilan kasallanganlar 9692 nafarga yetdi.

Jahon sog‘liqni saqlash atshkiloti yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2019 yil dekabr oyi oxirida Xitoy hukumati Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi kelib chiqqani haqida xabar bergan edi. Hozircha Filippin, Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Germaniya, Avstraliya, Malayziya va BAAda virus bilan kasallanish holatlari qayd qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing