Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Sport
−
15:40 1455 1 daqiqa
Beş karra “Oltin töp” sohibi Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Bu haqda futbolçi özining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Kriştianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda beş daqiqalik video e’lon qilib, muxlislarga doimiy qöllab-quvvatlovlari uçun minnatdorlik bildirdi.
41 yoşli Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi debyutini 18 yoşida, 2003 yil 20 avgust kuni Qozoğiston terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvida (1:0) ötkazgan. U mazkur bahsning ikkinçi bölimida zaxiradan maydonga tuşgan.
Hujumçi Portugaliya terma jamoasi safida jami 234 ta öyinda maydonga tuşib, 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Ronaldu terma jamoa bilan 2016 yilgi Yevropa çempionatida ğolib çiqqan. Şuningdek, u ikki marta (2018/2019 va 2024/2025 yillarda) UEFA Millatlar ligasida çempionlikni qölga kiritgan.
Ma’lumot uçun, 41 yoşli Ronaldu faoliyati davomida beş marta Çempionlar ligasida ğolib çiqqan, Yevropa çempioni va ikki karra Millatlar ligasi ğolibi bölgan. U milliy terma jamoalar, Yevropa çempionatlari, Çempionlar ligasi hamda klublar örtasidagi jahon çempionati tarixidagi eng yaxşi töpurarlardan biri hisoblanadi. Hujumçi 2022 yil dekabridan buyon Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida töp tepmoqda.
Live
Barchasi