Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image

Ertaga, 16 yanvar kuni Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi vakolatxonasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Sxinas amaliy tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

“Men Markaziy Osiyoning barcha beshta davlatiga sayohatni boshlayman. Tashrif 29-30 yanvar kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan “Yevropa – Markaziy Osiyo” investorlar forumi oldidan bo‘lib o‘tadi hamda Yevropa ittifoqi va mintaqa o‘rtasidagi hamkorlikning ortib borayotganidan dalolat beradi”, degan Margaritis Sxinas.

Ma’lumot uchun, Margaritis Sxinas oxirgi marta 2021 yilning noyabrida O‘zbekistonga kelgan va Prezident Mirziyoyev qabulida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishelni qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa O'zbekiston Margaritis Sxinas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing