Yelizaveta II ommaviy tadbirlarda ishtirok etishni to‘xtatdi

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II joriy yil 31 oktyabrdan 12 noyabrgacha Glazgoda bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasidagi ishtirokini bekor qildi. Bu haqda “BBC News” xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, 95 yoshli qirolicha shifokorlar unga tanaffus qilishni va ommaviy tadbirlardan dam olishni maslahat berganidan keyin shunday qarorga kelgan. Shu bilan birga, Bukingem saroyining aniqlik kiritishicha, hozirda Vindzor qasrida o‘z vazifalarini bajarayotgan Yelizaveta II yig‘ilgan delegatlar oldida yozib olingan video orqali murojaat qiladi. 

Avvalroq, Yelizaveta II kutilmaganda Shimoliy Irlandiyaga tashrifini bekor qilgani va joriy yilning 20 oktyabr kuni shifoxonada tunab qolgani haqida xabar bergandik.   

Shuningdek, qirolicha shifokorlar tavsiyasi bilan spirtli ichimlik ichishdan bosh tortgandi.  

Yelizaveta II Britaniya qirollik legioni tuzilganining yuz yilligi munosabati bilan Londondagi Vestminster abbatligida o‘tkazilgan tadbirda birinchi marta hassa bilan omma oldiga chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya qirolicha

Baholaganlar

82

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing