Britaniyalik UFC chempioni o‘z unvonidan voz kechdi

Sport

image

Britaniyalik aralash yakkakurash (MMA) ustasi Tom Aspinall ko‘zidagi muammolar sabab UFC og‘ir vazn toifasidagi chempionlik unvonidan voz kechdi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Jangchi jarrohlik amaliyotidan o‘tishi kerakligini aytdi. U sentyabr oyida oktagonga qaytishni rejalashtirgan edi, ammo hali tibbiy ruxsat olmagan.

“Men bir nechta operatsiyani boshdan kechirdim, jarohatlar oldim va infeksiyalarga duch keldim. Musobaqalarga qaytish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Jang sanasini belgilab, sparring mashg‘ulotlarini ham davom ettirayotgandim. O‘zimni juda yaxshi his qildim va jangga tayyor edim. Ammo tasodifan yana o‘ng ko‘zimni jarohatlab oldim”, deydi Aspinall.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tiklanish uchun qancha vaqt kerak bo‘lishi hozircha noma’lum. Biroq Aspinall MMA faoliyatini yakunlash niyati yo‘qligini ta’kidladi.

Aspinall 2023 yil noyabr oyidan buyon UFC og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik chempion bo‘lib kelgan. Jon Jons 2025 yil iyun oyida faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, UFC Aspinallni to‘liq chempion sifatida tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Aspinall professional faoliyatida 15 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat bor. U UFC’dagi so‘ngi jangini 2025 yil oktyabr oyida o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing