YeI davlatlari Orbanning Rossiya va Xitoyga borganini tanqid qildi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi davlatlari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Moskva hamda Pekinga tashrifini tanqid qilib chiqdi. Bu haqda diplomatik doiralardagi yashirin manbalariga tayanib, “Politico” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, YeI davlatlari elchilarining uchrashuvi ikki soatdan ortiq davom etgan. Faqat Slovakiya Orbanga qaratilgan tanqidlarga qo‘shilmagan.

“Vengriyaning Yevropa Ittifoqidagi vakili Balint Odor Bryusseldagi yopiq yig‘ilishda hamkasblarining “misli ko‘rilmagan” tanqidiga duch keldi. Ittifoqqa raislik qilayotgan mamlakat uchun boshqalar tomonidan bunday tanqidga duchor bo‘lish juda achinarli holat”, degan Yevropa Ittifoqining yuqori martabali diplomatlaridan biri nashrga bergan intervyusida.

Manbaga ko‘ra, Orbanning xatti-harakatlari Yevropa Ittifoqining birligiga putur yetkazgan hamda bu tashriflar YeI qoidalariga zid bo‘lsa-da, Vengriya hukumati tomonidan ataylab amalga oshirilgan.

“YeI vakillari Orbanga ochiqchasiga tahdid qildi”, deydi Bryusseldagi yopiq yig‘ilishda qatnashgan yana bir diplomat.

“Politico” buni rasmiy Budapesht mezbonlik qiladigan vazirlar uchrashuvlarini boykot qilishdir, deya yozgan.

“Vengriyaning YeI Kengashidagi raisligini muddatidan oldin tugatish yoki qisqartirish qiyin bo‘ladi, chunki u allaqachon boshlangan”, deya qo‘shimcha qilgan rasmiylardan biri.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 5 iyul kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Moskva shahriga bordi. Orban hatto Putinni “100 foiz punktual shaxs” deb atadi.

Shuningdek, 8 iyul kuni Orban Xitoy poytaxti Pekinga bordi va mamlakat rahbari bilan uchrashdi. Si Szinpin Orban bilan uchrashuvi chog‘ida Xitoy va Vengriya Ukraina inqirozini hal qilishda umumiy tamoyillarga ega ekanini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Orban YeIga Zelenskiy va Putin bilan uchrashuvlari haqida maktub yozgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Viktor Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made