YeI 22 yashar qizning o‘limi sabab Eronga sanksiyalar kiritdi
Olam
−
18 Oktabr 2022 3908 3 daqiqa
Yevropa Ittifoqi Eronning 11 jismoniy va 4 yuridik shaxsiga, shu jumladan, YeI ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi repressiya uchun javobgar bo‘lgan Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda 17 oktyabr kuni tegishli me’yoriy hujjatlar e’lon qilingan “Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnali”da aytiladi.
“Yevropa Ittifoqining Eron bilan bog‘liq barcha muammolarni, shu jumladan inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqish majburiyatiga muvofiq, cheklov choralari qo‘llaniladigan jismoniy va yuridik shaxslar, tashkilotlar va organlar ro‘yxatiga o‘n bir kishi va to‘rtta tashkilot kiritilishi kerak”, deyidi unda.
Qora ro‘yxatga, xususan, Eron axloq politsiyasi, uning boshlig‘i, shuningdek, mamlakat politsiyasi va huquq-tartibot kuchlari rahbariyatida lavozimlarni egallagan boshqa shaxslar kiritilgan. Bundan tashqari, “Basij” militsiyasi (Eronning harbiylashtirilgan militsiyasi bo‘lib, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusidagi beshta "kuch"dan biri – tahr.), Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining kiberxavfsizlik qo‘mondonligi (IIQK, Eron Qurolli kuchlarining elit bo‘linmalari) va Faraj xavfsizlik kuchlariga qarshi sanksiyalar joriy etilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.
Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.
Amini o‘tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi.
Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.
Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.
Eronda uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab misli ko‘rilmagan norozilik to‘lqini kuzatildi, so‘nggi to‘rt hafta ichida kamida 233 namoyishchi halok bo‘ldi.
Namoyishchilar politsiya va “Basij” militsiyasi a’zolariga hujum qilgan, Qur’onni tahqirlagan, masjidlar va hukumat binolariga o‘t qo‘ygan, hijobli ayollarga hujum qilgan, tez yordam mashinalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalariga hujum qilingan. Ishtirokchilar Eronning turli shaharlarida hibsga olindi.
Live
BarchasiAkademik Abdulla Ubaydullayev vafot etdi
12 dekabr