Yaponiyada zamburug‘ga qarshi dori qabul qilganlar orasida o‘lim holati kuzatildi

Olam

image

Yaponiyada zamburug‘ga qarshi dori qabul qilgan odamlar orasida o‘lim va hushidan ketish holatlari kuzatilmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, tirnoq zamburug‘iga qarshi preparatni qabul qilgan 128 kishida hushdan ketish va xotirani yo‘qotish holatlari kuzatilgan. 

Keyinroq, dorini ishlab chiqaruvchi Kobayashi Kako kompaniyasi preparatni qabul qilgan bemorlardan birining o‘limi haqida xabar bergan. 

Qayd etilishicha, ushbu holatlar bilan dori o‘rtasidagi bog‘liqlik tekshirilmoqda. Biroq, allaqachon ma’lum bo‘lganidek,  preparatning qaysidir partiyasiga uxlatadigan dorilar aralashib ketgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda kompaniyaning shtab-kvartirasi joylashgan Fukui prefekturasi ma’muriyati vakillari holatni o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Eluru shahrida noma’lum kasallik avj olgan edi. Odamlar kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilgan. Bir odam vafot etgan

Shuningdek, Braziliyada o‘limga olib keladigan va dori-darmonga chidamli bo‘lgan Candida auris zamburug‘i yuqtirilishi bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilgandi


Maqola muallifi

Teglar

YaPONIYa

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing