Yaponiyada to‘qqiz nafar qizni o‘ldirgan qotilga o‘lim jazosi berildi

Olam

image

Tokio sudi ikki oy ichida to‘qqiz kishini o‘ldirgan 30 yoshli Takaxiro Shiraishini o‘limga mahkum etdi. Bu haqda "Kyodo" agentligi xabar bermoqda

Qayd etilishicha, erkak jabrlanuvchilarning jasadlarini qismlarga ajratish va ularning qoldiqlarini saqlash moddalari bilan ham aybdor deb topilgan. 

Shiraishi 2017 yilda Yaponiyada bir qator qotilliklarni sodir etgan. O‘sha paytlarda u Tokio yaqinidagi Kanagava prefekturasining Zama shahrida yashagan. 

Uning jinoyatlari Yaponiya jamiyatida keng rezonansga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, yaponlar qotillik ishlari tasodifan ochilganidan hayratda qoldi.

Qayd etilishicha, yo‘qolgan qizlardan birining ukasi marhumaning ijtimoiy tarmoqdagi parolini bilgan va Shiraishi bilan yozishmalarini ko‘rgan. Unda qiz Shiraishi bilan o‘z joniga qasd qilish imkoniyatlarini muhokama qilgan. Aynan shu narsa politsiyani jinoyatchining iziga tushishiga sabab bo‘lgan. 

Tintuvlar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar qidirilayotgan qizning jasadi bilan birga yana sakkiz kishining jasad parchalarini topgan. Shiraishi esa, qilgan jinoyatlarini tan olgan. 

O‘ldirilgan to‘qqiz kishining sakkiz nafari Yaponiyaning turli hududlaridan 15 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan qizlar ekani aniqlangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ularning hammasi ham o‘z joniga qasd qilish niyatida bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YaPONIYa

Baholaganlar

514

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing