Yaponiyada koronavirusdan o‘lim yosharyapti

Olam

image

Yaponiyada ilk bor 20 yoshgacha bo‘lgan bemorning COVID-19 kasalligidan o‘limi qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, o‘spirin qiz kasallik qurboniga aylangan. 

Ma’lumot uchun noyabr oyining o‘rtalarida Yaponiyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat eng xavfli darajaga yetgandi

Avvalroq, Yaponiyada har yili 2 yanvar kuni o‘tkaziladigan imperator oilasining yaponlarni Yangi yil bilan tabriklash marosimi koronavirus sababli bekor qilingandi. 

Shuningdek, Tokioda 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa qoldirilgan. Endi u 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha o‘tkazilishi belgilangan.

Yaponiyada koronavirusga chalinganlar 150 mingdan oshgan. 2 mingdan ko‘p bemor vafot etgan. 497 nafar bemor jonlantirish bo‘limlarida qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS YaPONIYa

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing