Yaponiyada imperator ishtirokidagi marosim koronavirus sabab bekor qilindi
Olam
−
27 noyabr 2020 2828 1 daqiqa
Yaponiyada har yili 2 yanvar kuni o‘tkaziladigan imperator oilasining yaponlarni Yangi yil bilan tabriklash marosimi koronavirus sababli bekor qilindi. Bu haqda imperatorlik sudi rahbariyatiga asoslanib xabar berilgan.
An’anaga ko‘ra, Yaponiya monarxi oilasi bilan birgalikda har yili 2 yanvar kuni imperatorlar saroyining balkonida yaponlarni Yangi yil bilan tabriklash uchun chiqadi. Shu kuni yaponlar saroy hududiga qisman kirishi mumkin bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili ushbu marosimda 70 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.
Shuningdek, Tokioda 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa qoldirilgan. Endi u 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha o‘tkazilishi belgilangan.
Avvalroq, Yaponiyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat eng xavfli darajaga yetgani haqida xabar bergandik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada 138 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan. Deyarli 2 ming bemor infeksiya qurboniga aylangan.
Live
Barchasi