Yangilangan WBA reytingida to‘rt o‘zbek bokschisi peshqadam bo‘ldi

Sport

image

Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) yanvar oyi yakunlariga ko‘ra reytingi e’lon qilindi. Unda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan Murodjon Ahmadaliyev, Otabek Xolmatov, Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinda qayd etildi.

Reytingdan umumiy 7 nafar o‘zbek bokschisi joy oldi.

Minimal vaznda Hasanboy Do‘smatov 2-o‘rinni, superengil vaznda Botir Ahmedov 8-o‘rinni egalladi. Supero‘rta vazn toifasida janglar o‘tkazadigan Bektemir Meliqo‘ziyev esa 6-o‘rinni band etdi. E’tiborlisi, har uch bokschining ham reytingdagi o‘rni o‘zgarishsiz qolgan. Ular dekabr oyida ham aynan hozirgi o‘rinlarda qayd etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq eng og‘ir vazn toifasida janglar o‘tkazadigan Bahodir Jalolov jangining yangi sanasi e’lon qilingandi. 

U may oyida Ar-Riyodda o‘tkaziladigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Isroil Madrimov Bahodir Jalolov Bektemir Meliqo'ziev Murodjon Ahmadaliev Otabek Xolmatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing