Yangilangan IJF reytingida Bobonov peshqadamlikni qaytarib oldi
Sport 23 dekabr 2021 17:48
4075
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2021 yil yakunilariga ko‘ra dzyudochilarning yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi.
Unda qayd etilishicha, 90 kg vazn toifasida o‘zbeistonlik Davlat Bobonov yana peshqadamga aylangan.
Avvalgi oyda gruziyalik Lasha Bekauridan kichik farq bilan ortda qolgan Bobonov raqibining 2 yil avvalgi musobaqada qo‘lga kiritgan ochkolari olib tashlangani bois yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Shu tariqa, Tokio-2020 sovrindori Bobonov 2021 yilni o‘z vazn toifasidagi reytingda peshqadam bo‘lib yakunlaydigan bo‘ldi.
60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 5140 ochko
19. Kamron Nurullayev – 1848 ochko
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Bobonov musobaqada ishtirok etmadi.
Turnirda o‘z vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasining 1-raqamli sportchilari – Diyora Keldiyorova hamda Sharofiddin Boltaboyev chempionlikni qo‘lga kiritdi. Kamron Nurullayev va Hikmatilloh To‘rayev saralashdayoq musobaqani tark etgan bo‘lsa, Sardor Nurullayev bronza medalga sazovor bo‘ldi.