Dzyudochi Gulnoza Matniyozova faoliyatini yakunladi
Sport
−
04 avgust
15905Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Gulnoza Matniyozova Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlaridan so‘ng o‘zining professional sportchilik faoliyatini rasman yakunladi.
U Fransiyada kechayotgan Olimpiada o‘yinlari doirasida aralash jamoaviy dasturda 3 ta terma jamoa vakillariga qarshi bahsda barcha bellashuvlarda g‘alaba qozondi va sportchilik faoliyatini yuqori notada yakunladi.
Matniyozova Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlari, 3 ta Osiyo o‘yinlari, jahon chempionatlari, “Katta dubulg‘a” va Gran-pri musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. 2021 yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijda davom etayotgan Olimpiadaning dzyudo turida jamoaviy dastur bo‘yicha bronza medal uchun o‘tish bahsida o‘zbekistonlik dzyudochilar Janubiy Koreya vakillari bilan kuch sinashib, 4:2 hisobida imkoniyatni boy bergani xabar qilingandi. Shunday qilib, O‘zbekiston dzyudochilari yakkalik bahslarida 3 ta medal jamg‘arib, Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
LiveBarchasi