Dzyudo. Muzaffarbek To‘raboyev Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi (video)
Sport
−
26 Sentabr 2023
6234Bugun, 26 sentyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasi yana bir oltin medal bilan boyidi. O‘zbekiston bayroqdori Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha -100 kilogramm vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritib, ushbu Osiyo o‘yinlaridagi 5-oltin medalni keltirdi.
O‘zbekiston vakili qizg‘in kechgan final bahsida mo‘g‘ulistonlik Gonchigsuren Batxuyagni mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, +100 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Alisher Yusupov Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori bo‘ldi. U 3-o‘rin uchun dzyudo vatani bo‘lgan Yaponiya vakili Xyota Ogaga qarshi kurashdi va qisqa fursatda ippon bahosi bilan g‘alabaga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq musobaqaning dzyudo dasturi doirasida tashkil etilgan bahslarda final bosqichigacha yetib borgan Davlat Bobonov qirg‘izistonlik Erlan Sherovga imkoniyatni boy bergan holda Osiyo o‘yinlari kumush medali bilan cheklangan edi. Shuningdek, yana bir O‘zbekiston vakili Irisxon Qurbonboyeva -78 kilogramm vazn toifasining bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
LiveBarchasi