Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston yana bittadan oltin va kumush oldi
Sport
−
15:53 438 1 daqiqa
Bugun, 2 oktyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining dzyudo va boks bahslarida O‘zbekiston vakillari oltin va kumush medallarga ega chiqdi.
Xususan, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muzaffarbek To‘raboyev ikki karra Osiyo o‘yinlari chempionligiga erishdi. Sportchi +100 kg vazn toifasining chempionlik kurashida mezbon sportchini mag‘lub etdi va oltin medalni naqd qildi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jahongir Zokirov esa Osiyo o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritgan. Sportchi +90 kg vazn toifasining hal qiluvchi bahsida qozog‘istonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, hozirda Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasida 19 ta oltin, 22 ta kumush va 22 ta bronza medal bor. Ushbu natija reytingda 4-hisoblanadi. O‘zbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy o‘rin olgan.
Live
Barchasi