O‘zbekistonlik dzyudochi Olimpiadada bronza medal uchun kurashadi
Sport
−
02 avgust 2024 8616 1 daqiqa
Parijda davom etayotgan Olimpiya o‘yinlarining dzyudo bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Alisher Yusupov +100 kg vaznda bronza medal uchun kurash olib boradi.
Alisher Yusupov o‘tish bosqichidan erkin o‘tadigan bo‘ldi. Chorak finalda mag‘lubiyatga uchragan gruziyalik Guram Tushishvili diskvalifikatsiya qilingani bois Yusupov to‘g‘ridan to‘g‘ri bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Medal uchun bahsda Yusupovga yaponiyalik Tatsuru Saito va janubiy koreyalik Kim Min Jong o‘rtasidagi bahsda mag‘lubiyatga uchragan sportchi raqiblik qiladi.
Live
Barchasi