Abdumalik Halokov dunyo reytingida birinchi o‘rinni egalladi
Sport
−
12:25 824 1 daqiqa
O‘zbekistonlik havaskor bokschi va 2024 yilgi Parij Olimpiadasi chempioni Abdumalik Halokov vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) dunyoning eng yaxshi havaskor bokschisiga aylandi. Bu haqda “BoxRec” portali xabar berdi.
Yangilangan reytingda yengil vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Abdumalik Halokov yetakchilik qilmoqda. Rossiyalik og‘ir vazn vakili Muslim Hojimagomedov ikkinchi, yana bir rossiyalik Vsevolod Shumkov esa uchinchi o‘rinni egallagan.
Kuchli beshlikdan Ukraina vakili, Olimpiada chempioni Aleksandr Xijnyak hamda o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin Erkinboyev ham o‘rin olgan. Erkinboyev reytingda beshinchi pog‘onadan joy olgan.
Halokov va Erkinboyevdan tashqari yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi kuchli o‘nlikka kirgan. To‘rabek Habibullayev sakkizinchi, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa o‘ninchi o‘rinni egallagan.
Shu tariqa, O‘zbekistonning besh nafar vakili kuchli 15 talikdan o‘rin olgan.
Kuchli 15 talikda bir nafar qozog‘istonlik sportchi joy olgan. Abilayxon Jusupov yarim o‘rta vazn toifasida P4P reytingida 12-o‘rinni egallagan.
Live
Barchasi