Alfraganus UNESCO yig‘ilishiga mezbonlik qildi

Biznes

Bugun O‘zbekistonda UNESCO’ning nufuzli yig‘ilishlaridan biri bo‘lib o‘tmoqda. Bu tashkilotning Bankokdagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan tashkil qilingan “Yoshlar kelajagi va ta’limda tadbirkorlik” mavzusidagi 10-Kengash yig‘ilishidir. Ushbu tadbirga O‘zbekistonning Alfraganus universiteti mezbonlik qilmoqda. 

Nega aynan Alfraganus? Chunki 2023 yilning oktyabr oyida Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan 9-Kengash yig‘ilishida O‘zbekiston vakili navbatdagi anjumanga Alfraganus universiteti mezbonlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirgan. 

UNESCO’ning Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ta’lim innovatsiyalarini rivojlantirish tarmog‘i tomonidan o‘tkaziladigan ushbu tadbirning ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, Kengash yig‘ilishi birinchi marotaba Markaziy Osiyo mintaqasida o‘tkazilmoqda. 

Anjumanga dunyoning 34 davlatidan 100 dan ortiq ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlar vakillari taklif etilgan. Shuningdek, 200 dan ortiq mahalliy oliy ta’lim muassasalari rektorlari, akademiklar, professor-o‘qituvchilar, yetakchi tadbirkorlar yig‘ilish mehmoni bo‘ldi.

“Bugun butun dunyo bo‘ylab barcha mutaxassislar yig‘ilgan. Shu sababli biz ular duch kelayotgan qiyinchiliklar va ular ega bo‘lgan tajribalarni muxokama qilolamiz. Umid qilamanki, bu tadbirda hammamiz bir-birimizdan yangi bilimlar o‘rganamiz, boshqa mamlakatlar bilan tajriba almashamiz va bunda O‘zbekiston ham muhim rol o‘ynaydi”, deydi UNESCO’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi. 

Yig‘ilishda xalqaro ekspertlar tomonidan ta’lim sohasida tadbirkorlikka xalqaro yondashuvlar, ushbu jarayonda O‘zbekistonning o‘rni to‘g‘risida taqdimotlar namoyish etildi. 

“O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq kichik va o‘rta biznesga ega. Bu yangi biznes yetakchilarni kashf qilish, ularni o‘qitish uchun yaxshi imkoniyat. Men bunda nafaqat universitetlarni, balki boshlang‘ich va o‘rta maktablarni ham nazarda tutyapman. Jarayonda yoshlar bizneslar qanday muvaffaqiyatli rivojlanishi va qanday ishlashi haqida ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Shuningdek, biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun moliyaviy savodxonlik, biznes savodxonligi, media savodxonlikni o‘qitish zarur. Hozir buni amalga oshirish uchun juda qulay vaqt va bu O‘zbekiston uchun yaxshi imkoniyat”, deydi Kembrij ta’lim hamkorligining Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika qit’asidagi ta’lim islohoti bo‘limi rahbari Stiv King.

Tadbir davomida, shuningdek, tadbirkorlik ta’limiga bag‘ishlangan maxsus jurnalning ochilish marosimi hamda mintaqada tadbirkorlik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha kelajak strategiyalarini belgilab beruvchi Yoshlar va tadbirkorlik ta’limi bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasini imzolash rejalashtirilgan. 

“Bu konferensiya doirasida 35 dan ortiq mamlakatlardan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar Alfraganus universitetida turli xil mavzularda maruzalar o‘qishadi va amaliyot qilishadi. Konferensiya so‘ngida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi. Mazkur deklaratsiyaga asosan Osiyo mamlakatlarida tadbirkorlik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Alfraganus universiteti tajribasi qo‘llaniladi”, deydi universitet rektori Muhammadismoil Mahmudov.

Bu Alfraganusning birinchi bor xalaqaro tadbirlarga mezbonlik qilishi emas. Universitet muntazam ravishda dunyoning bir nechta nufuzli universitetlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlar ta’limini rivojlantirish uchun kanferensiyalar, anjumanlar, yig‘ilishlar o‘zkazib, ilmiy jurnallarni nashrdan chiqarib kelmoqda. 

“Alfraganus universiteti haqiqatan ham UNESCO’ning faol hamkori. Bu bizning 10-yig‘ilishimiz. So‘nggi o‘n yil ichida biz tadbirni muntazam ravishda o‘tkazib keldik. Shu yillar davomida UNESCO Alfraganus universiteti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ular tadbirkorlik ta’limini doimo qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi xalaqaro tashkilot vakili.

Kengash yig‘ilishi Toshkentda ikki kun bo‘lishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, 12-13 oktyabr kunlari Samarqand shahrining tarixiy hududlariga sayohat tashkil etiladi.

Instagram - Alfraganus University

Facebook - Alfraganus University

YouTube- Alfraganus University

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkorlik ta'lim UNESCO yig'ilish Xanchjou Alfraganus Kengash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing