Toşkentda somsa sotgan şaxs jazolanib, somsalari olib qöyildi

O‘zbekiston

−

visibility2975 timer1 daqiqa

image

Toşkent şahrining Yunusobod tumanida somsa sotgan şaxs jarimaga tortilib, uning 26 dona somsasi olib qöyildi va ularning yöq qilinişi belgilandi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.

Hujjatda keltirilişiça, joriy yilning 26 oktyabr kuni Toşkent şahar Yunusobod tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tumanda tekşiruv ötkazgan. Tekşiruv davomida S.M. davlat röyxatidan ötmasdan somsa sotayotgani aniqlangan va uning 140 ming söm naqd puli hamda 26 dona somsasi olib qöyilgan.

Joriy yilning 24 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sudda S.M. qilgan işidan puşaymondaligini, uşbu huquqbuzarlikni majburligidan, ya’ni oilada yagona boquvçi bölgani sababli qilganligini bildirgan va suddan öziga nisbatan yengillik berişni söragan.

Sud qarori bilan S.M. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 176-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati) 1-qismida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravari, ya’ni 2 mln 60 ming söm miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Şuningdek, undan olib qöyilgan somsalarning yöq qilinişi belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing