Toshkentdagi ko‘prik ustida Toyota va Tracker-2 to‘qnashdi

3-sahifa

−

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Toyota va Tracker-2 rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 12 oktyabr kuni soat 23:10 larda Ahmad Donish ko‘chasidagi ko‘prik ustida yuz bergan. 2007 yilda tug‘ilgan M.J. Toyota rusumli avtomobilni boshqarayotib, oraliq masofani saqlay olmagan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan 1980 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi Tracker-2 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Ma’lum qilinishicha, har ikki haydovchi ham hodisa joyidan ketmagan va hushyor holatda bo‘lgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari surishtiruv olib bormoqda. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida 2010 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi onasining Cobalt mashinasi bilan yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing