Toşkentda 13 ta avtobus yönalişi harakati vaqtinça özgardi
Jamiyat
−
12:19 339 1 daqiqa
Toşkent şahrining Yunusobod tumanida BRT yöli qurilişi sabab 13 ta avtobus yönalişi harakatiga vaqtinça özgartiriş kiritildi. Bu haqda Toşkent şahar transport boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, keça, 26 oktyabrdan boşlab Amir Temur köçasidagi transport vositalari uçun asosiy qayriliş joyi ta’mirlaş işlari yakunlanguniga qadar vaqtinça yopilgan.
Şu munosabat bilan 5-, 82-, 83-, 123- va 124-sonli avtobuslar Ahmad Doniş köçasidan Amir Temur köçasi orqali qayrilmasdan, töğri yönalişda harakatlanişda davom etadi.
3-, 6-, 7-, 25-, 96-, 119-, 149- va 175-sonli avtobuslar esa Ahmad Doniş köçasidan Amir Temur köçasiga burilib, harakatni davom ettiradi hamda Şahriston metro bekati yonidagi qayriliş joyi orqali ortga qaytadi.
Mas’ullar yöldagi özgarişlar sabab vaqtinçalik tirbandliklar yuzaga kelişi va avtobuslar harakat intervallari özgarişi mumkinligidan ogohlantirdi. Yölovçilarga safarlarini oldindan rejalaştiriş tavsiya etilgan.
-Recovered.jpg)
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahridagi Şahrisabz va Istiqbol köçalari kesişmasida harakatlaniş çeklangani sababli beşta avtobus yönalişi vaqtinça özgartirilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr