2027 yilda ta’lim va tibbiyotga 176 trln söm ajratiş rejalaştirilmoqda
O‘zbekiston
−
20:39 532 3 daqiqa
2027 yilda Özbekistonda ta’limga 114,3 trillion söm (ötgan yildan 14 trillion söm köp), tibbiyotga 61,4 trillion söm (ötgan yildan 12 trillion söm köp) ajratilişi közda tutilyapti. Bu haqda bugun, 13 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazgan 2027 yil uçun Davlat byudjetining maqsadli körsatkiçlari, asosiy makroiqtisodiy prognozlar hamda byudjet-soliq siyosatining ustuvor yönalişlari yuzasidan yiğilişda söz bordi.
Qayd etilişiça, joriy yil yakunida mamlakat iqtisodiyoti kamida 8 foizga ösişi, yalpi içki mahsulot hajmi 200 milliard dollardan, aholi jon boşiga töğri keladigan daromad esa 5,2 ming dollardan oşişi kutilmoqda. 2030 yilga borib yalpi içki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga, kelgusi ön yilda aholi jon boşiga daromadni 10 ming dollarga yetkaziş maqsad qilingan.
Bildirilişiça, kelasi yil ta’lim va soğliqni saqlaş sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni moliyalaştiriş uçun jami 176 trillion sömga yaqin mablağ yönaltiriş rejalaştirilmoqda. Ta’limga 114,3 trillion söm (ötgan yildan 14 trillion söm köp), tibbiyotga 61,4 trillion söm (ötgan yildan 12 trillion söm köp) ajratilişi közda tutilgan.
Şuningdek, hududlar va mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş, inson kapitalini rivojlantiriş hamda ijtimoiy himoyani kuçaytiriş uçun 70 trillion söm ajratilişi belgilanmoqda.
Yiğilişda ijtimoiy majburiyatlarni barqaror moliyalaştiriş uçun iqtisodiyotning yillik ösiş sur’atlarini kamida 7 foiz darajasida ta’minlaş, mavjud zaxiralar va yangi texnologik omillarni işga soliş zarurligi ta’kidlangan.
Şu maqsadda kelgusi yildan iqtisodiy ösişning yangi modeliga ötiş, har bir tarmoqda yuqori qöşilgan qiymat yaratiş, mehnat unumdorligini oşiriş, eksport salohiyatini kengaytiriş va yuqori daromadli iş örinlarini köpaytiriş asosiy vazifalar etib belgilanmoqda.
Yiğilişda uzoq muddatli yuqori iqtisodiy ösişni ta’minlaşga qaratilgan yangi yondaşuvlar körib çiqilgan. Xalqaro tajriba barqaror taraqqiyotning asosiy omillari eksportga yönaltirilgan raqobatbardoş işlab çiqariş, texnologiyalar transferi, investitsiyalar samaradorligi, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy siyosatning özgaruvçan şaroitlarga moslaşuvçanligi ekanini körsatmoqda.
Şundan kelib çiqib, iqtisodiy ösişning yangi modeli asosini zamonaviy sanoat siyosati taşkil etişi belgilanmoqda. Uşbu siyosat yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaşga ötiş, ilğor texnologiyalarni jalb qiliş, milliy korxonalarning xalqaro işlab çiqariş zanjirlariga integratsiyasini kuçaytiriş va eksport tarkibini diversifikatsiya qilişga qaratilgan.
Xususan, kimyo va neft-kimyo, maşinasozlik, elektrotexnika, töqimaçilik, farmatsevtika va boşqa istiqbolli sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantiriş böyiça yangi strategiya işlab çiqilmoqda.
Yangi sanoat siyosati doirasida har bir ustuvor tarmoqqa yirik xalqaro kompaniyalar va brend investorlarni jalb qiliş, zamonaviy sanoat zonalarini şakllantiriş, mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş hamda korxonalarning texnologik salohiyatini oşiriş rejalaştirilmoqda. 2027 yilda har bir istiqbolli tarmoqqa kamida 2–3 tadan yirik investorni jalb qiliş közda tutilgan.
Şu bilan birga, yarimötkazgiçlar, robototexnika, biotexnologiyalar, elektromobillar uçun yuqori texnologik butlovçi qismlar va akkumulyatorlar işlab çiqariş kabi yangi yönalişlarni özlaştirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu maqsadlarni amalga oşiriş uçun xalqaro brendlarni jalb qiliş, ilmiy-tadqiqot va işlanmalarni qöllab-quvvatlaş hamda raqobatbardoş milliy işlab çiqaruvçilarni rivojlantirişning yangi rağbatlantiriş mexanizmlari közda tutilmoqda.
Live
Barchasi