2027 yilda asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz saqlaş közda tutilmoqda

O‘zbekiston

−

image

Özbekistonda 2027 yilda ham asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz saqlaş közda tutilmoqda. Bu haqda bugun, 13 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazgan 2027 yil uçun Davlat byudjetining maqsadli körsatkiçlari, asosiy makroiqtisodiy prognozlar hamda byudjet-soliq siyosatining ustuvor yönalişlari yuzasidan yiğilişda söz bordi.

Qayd etilişiça, yiğilişda 2027 yilga möljallangan asosiy makroiqtisodiy prognozlar körib çiqilgan.

Hisob-kitoblarga köra, yalpi içki mahsulot hajmi 2027 yilda 232 milliard dollarga yetişi prognoz qilinmoqda.

Şu bilan birga, inflyatsiya darajasini 2027 yilda 6 foizga, 2028–2029 yillarda esa 5 foizgaça pasaytiriş, oltinsiz eksport hajmini 2027 yilda qariyb 40 milliard dollarga yetkaziş nazarda tutilmoqda.

Taqdimotda 2027 yil uçun Davlat byudjeti daromadlarini 416 trillion söm, xarajatlarini esa 464 trillion söm miqdorida belgilaş nazarda tutilayotgani ma’lum qilingan. Byudjet loyihasi iqtisodiy ösişning 7 foizlik prognozi asosida şakllantirilmoqda.

Jahondagi geosiyosiy va iqtisodiy noaniqliklar şaroitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, kelgusi yilda inflyatsiyani 6 foizdan oşirmaslik, umumiy fiskal taqçillikni yalpi içki mahsulotga nisbatan 3 foiz doirasida saqlaş muhim vazifa etib belgilangan.

2027 yilda ham asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz saqlaş közda tutilmoqda. Bunday şaroitda byudjet daromadlarini köpaytirişning asosiy manbai iqtisodiy faollikni rağbatlantiriş, soliq bazasini kengaytiriş, yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş hamda soliq va bojxona ma’murçiligini takomillaştiriş bölişi ta’kidlangan.

Şu munosabat bilan raqamlaştiriş va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etiş orqali soliq va bojxona tuşumlarini qöşimça oşiriş, tadbirkorlar uçun qulay va şaffof muhit yaratiş yuzasidan aniq vazifalar belgilangan.

Prezident byudjet xarajatlarining har bir sömi aniq natija berişi lozimligini ta’kidlagan. Şu bois, mablağlarni maqsadli yönaltiriş, samarasiz xarajatlarni qisqartiriş, davlat investitsiyalari va subsidiyalarining natijadorligini oşiriş, byudjet intizomini kuçaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, investitsiya dasturi doirasidagi quriliş loyihalarida byudjet mablağlarining sarflanişini töliq kuzatib boriş imkonini beradigan raqamli nazorat tizimini sinov tariqasida joriy etiş vazifasi qöyilgan.

Yiğiliş iqtisodiy ösişni moliyalaştirişning yangi mexanizmlari ham muhokama qilingan. Bank tizimida xususiy kapital iştirokini kengaytiriş, kredit resurslarini köpaytiriş, investitsiya loyihalarini moliyalaştirişda davlat-xususiy şeriklik imkoniyatlaridan foydalaniş va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni jadallaştiriş zarurligi qayd etilgan.

Mutasaddilarga 2027 yilda 65 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qiliş böyiça tarmoqlar hamda hududlar kesimida aniq rejalar işlab çiqiş topşirilgan.

Yiğilişda bildirilgan fikr va takliflar asosida 2027 yil uçun Davlat byudjeti loyihasining asosiy yönalişlari belgilab olingan.

Qonunçilikka muvofiq, bu loyiha va uning ijrosini ta’minlaş çora-tadbirlari mahalliy Kengaşlarda muhokama qilinadi hamda yakunda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing