Dzyudo. Bobonov va To‘raboyev Osiyo o‘yinlari finaliga chiqdi
Sport
−
26 Sentabr 2023
3318Bugun, 26 sentyabr kuni Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonlik dzyudochilar bugungi ishtirokini ajoyib tarzda boshladi va kunning birinchi yarmida bo‘lib o‘tgan yarim final bahslarida ikkita g‘alabaga erishdi.
Kechki dasturda Davlat Bobonov hamda Muzaffarbek To‘raboyev chempionlik uchun kurash olib borishsa, Alisher Yusupov hamda Irisxon Qurbonboyeva bronza medali uchun tatamiga chiqadi. Juftliklar esa quyidagicha:
Final:
- -90 kilogramm: Davlat Bobonov – Erlan Sherov (Qirg‘iziston);
- -100 kilogramm: Muzaffarbek To‘raboyev – Gonchigsuren Batxuyag (Mo‘g‘uliston).
Bronza medali uchun:
- +100 kilogramm: Alisher Yusupov – Xyota Oga (Yaponiya);
- -78 kilogramm: Irisxon Qurbonboyeva – Xuslen Otgonbayar (Mo‘g‘uliston).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10 metrga pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha aralash jamoaviy dasturda ishtirok etgan Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirova juftligi kumush medalga ega chiqqan edi.
LiveBarchasi