Keldiyorova va Bobonov Zagreb Gran-pri musobaqasida iştirok etadi

Sport

−

image

Parij-2024 Olimpiadasi çempioni Diyora Keldiyorova va Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi Davlat Bobonov joriy yilning 13-15 noyabr kunlari Xorvatiyaning Zagreb şahrida dzyudo böyiça ötkaziladigan Gran-pri musobaqasida iştirok etadi. Bu haqda Özbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Dunyoning 70 ta mamlakatidan 500 nafardan ziyod dzyudoçi qatnaşadigan mazkur nufuzli turnirda Özbekistonning 5 nafar vakili medallar uçun kuraş olib boradi.

E’tiborlisi, qisqa muddatli tanaffusdan söng Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, jahon çempioni Davlat Bobonov yana tatamiga qaytmoqda. U Zagreb Gran-pri musobaqasida medallar va qimmatli reyting oçkolari uçun bahslaşadi.

Davlat Bobonov sönggi bor joriy yilning 26-28 iyun kunlari Xitoyda ötkazilgan Sindao Gran-pri musobaqasida iştirok etgan edi.

Şuningdek, Xorvatiyaga yöl oladigan tarkibdan Parij-2024 Olimpiadasi çempioni Diyora Keldiyorova ham örin olgan. Bu uning katta sportga qaytganidan keyingi uçinçi musobaqasi böladi.

Özbekiston terma jamoasining Zagreb Gran-pri musobaqasi uçun tarkibi:

  • 66 kg: Azizbek Ortiqov;
  • 81 kg: Arslonbek Tojiyev, Murodjon Yöldoşev;
  • 90 kg: Davlat Bobonov;
  • 52 kg: Diyora Keldiyorova.

Eslatib ötamiz, avvalroq Diyora Keldiyorova Abu-Dabida taşkil etilgan “Katta dubulğa” turnirining ikkinçi davrasida isroillik Gefen Primoga imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing