Rasman! Diyora Keldiyorovaning navbatdagi turniri e’lon qilindi

Sport

−

image

Özbekistonlik dzyudo böyiça Olimpiya çempioni Diyora Keldiyorova Xorvatiyaning Zagreb şahrida bölib ötadigan Gran-pri musobaqasida iştirok etadi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur musobaqa özbekistonlik sportçi uçun ketma-ket uçinçi xalqaro turnir böladi. Keldiyorova avval Aqtauda ötkazilgan Osiyo kubogida oltin medalni qölga kiritgan, biroq yaqinda Abu-Dabida taşkil etilgan “Katta dubulğa” turnirida sovrindorlar qatoriga kira olmagan edi.

Zagreb Gran-pri musobaqasi joriy yilning 13-15 noyabr kunlari Xorvatiyada ötkaziladi. Unda 70 davlatdan 520 nafarga yaqin dzyudoçi iştirok etadi.

Ma’lumot uçun, Diyora Keldiyorova 2024 yil Parijda ötkazilgan yozgi Olimpiya öyinlarida -52 kg vazn toifasida oltin medalni qölga kiritib, Özbekiston tarixidagi ilk ayol Olimpiya çempioniga aylangan. U musobaqa davomida amaldagi Olimpiya çempioni va tört karra jahon çempioni yaponiyalik Uta Abeni mağlub etgan. Finalda esa kosovolik Distriya Krasniçidan ustun kelib, Özbekistonga dzyudo böyiça ilk Olimpiya oltin medalini taqdim etgan.

Şundan söng, Keldiyorova farzandli bölgani sababli sport faoliyatida ikki yil tanaffus olgan va bir qator yirik musobaqalarni ötkazib yuborgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing