Xanchjou-2022.  O‘zbekistonlik dzyudochi qiz navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi (video)

Sport

−

image

Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining dzyudo bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir medal yozildi. Bu haqda musobaqani bevosita yoritib borayotgan QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurov xabar berdi. 

Unga ko‘ra, -70 kg vazn toifasida kurash olib borgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Gulnoza Matniyozova Xitoy Taypeyi vakili Yu Jung Liaoga qarshi kechgan bahsda 10:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Bu orqali Matniyozova ikkinchi bor Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, xorazmlik dzyudochi – Gulnoza Matniyozova Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi hisoblanadi. U Gran-Pri seriyasida ikki bor turnirlar g‘olibi hamda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Katta Dubulg‘a sovrindori bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq -73 kg vazn toifasining chempionlik bahsida tatamiga chiqqan Murodjon Yo‘ldoshev yaponiyalik Soichi Xashimotoni mag‘lubiyatga uchratib, Xanchjou-2022 oltin medaliga ega chiqqan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing