Xanchjou-2022. Yo‘ldoshev O‘zbekistonga to‘rtinchi oltin medalni keltirdi

Sport

image

Xitoyning Xanchjou shahri mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida Murodjon Yo‘ldoshev O‘zbekiston delegatsiyasi uchun 4-oltin medalni taqdim etdi.

-73 kg vazn toifasidagi chempionlik bahslarida tatamiga chiqqan Yo‘ldoshev yaponiyalik Soichi Xashimotoni mag‘lubiyatga uchratdi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 sentyabr kuni -52 kg vazn toifasida bahs olib borgan dzyudochi Diyora Keldiyorova BAA vakili Birshelt Xorlodoini Golden Score'da mag‘lubiyatga uchratgan edi. Natijada u XIX Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalni O‘zbekiston hisobiga yozdirib qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin medal' Osiyo o'yinlari Murodjon Yo'ldoshev Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing