Muzaffar To‘raboyev ikki karra Osiyo chempioni bo‘ldi

Sport

image

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muzaffarbek To‘raboyev Gonkongda o‘tayotgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari chempioni Muzaffarbek To‘raboyev barcha raqiblarini mag‘lub etdi. Finalda 24 yoshli polvon BAA vakili Ja’far Kostoyevdan ustun keldi. 

Ma’lumot uchun, To‘raboyev bungacha 2022 yilda Toshkentda o‘tkazilgan Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. U, shuningdek, 2023 yil Vengriyaning Budapesht shahri mezbonlik qilgan Masters turnirida zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dzyudo Osiyo chempionati Muzaffarbek To'raboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing