Yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari belgilandi
Jamiyat
−
29 iyul
20701O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining 2024/2025 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan, respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.
2023/2024 o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan solishtirilsa, to‘lov summalari o‘rtacha yaxlitlangan holda 15 foizga oshirilgan.
To‘lov-kontrakt miqdorlari 4 yildan buyon oshirilmay kelinayotgan edi. Stipendiyalar miqdori esa 2021 yildan buyon indeksatsiya qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi