Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hukumatining “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi. 

Tumanda qo‘shimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etiladi.

2022 yil 1 dekabrgacha tumanning ma’muriy-hududiy chegarasini hisobga olgan holda, Namangan shahrining 2040 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 aprel kuni Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etildi. yegishli qaror Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqib, qabul qilindi.

Keyinchalik, Jobir Abdullayev ushbu tumanga hokim etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing