Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi
Jamiyat
−
10 may 2021 6331 1 daqiqa
O‘zbekiston hukumatining “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi.
Tumanda qo‘shimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etiladi.
2022 yil 1 dekabrgacha tumanning ma’muriy-hududiy chegarasini hisobga olgan holda, Namangan shahrining 2040 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 aprel kuni Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etildi. yegishli qaror Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqib, qabul qilindi.
Keyinchalik, Jobir Abdullayev ushbu tumanga hokim etib tayinlandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025