Yangi koronavirus Germaniyaga ham yetib bordi
Olam
−
28 yanvar 2020
9155Germaniya Federativ Respublikasida o‘chog‘i Xitoyning Uxan shahri bo‘lgan yangi koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlandi. Virus aniqlangan kishi shifokorlar nazoratiga olingan. Bu haqda AFP xabar berdi.
Virus yuqtirgan shaxs Shtarnbergda aniqlangan. U yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.
Ma’lumot uchun, Uxanda paydo bo‘lib, dunyoga tarqala boshlagan 2019-nCoV koronavirusidan bugungacha 106 nafar odam halok bo‘ldi. Virus bilan kasallanganlar soni 4,5 ming nafardan oshdi.
Koronavirus har kuni biror yangi davlatga kirib boryapti. Jumladan, virus bilan kasallanish holatlari Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada qayd qilingan.
JSST mutaxassislari virusning tarqalish xavfini “o‘rtamiyona”dan “yuqori”gacha oshirishdi. Ta’kidlanishicha, shu vaqtgacha virusning tarqalish xavfi Xitoy uchun juda yuqori, mintaqaviy ko‘lamda yuqori va xalqaro darajada o‘rtamiyona deb hisoblab kelinayotgandi.
Xitoy Xubey viloyatidagi 10 dan ortiq shaharni izolyatsiyalab qo‘ydi. U yerga hech bir transport vostiasi kiritilmayapti ham, u yerdan biror transport chiqarilmayapti ham.
LiveBarchasi