“Yangi-Angren IES”dagi portlash qurbonlari oilalariga 105 mlndan kompensatsiya to‘landi
Jamiyat
−
22 yanvar 2021
6292Joriy yilning 20 yanvar kuni “Yangi-Angren IES” qozon agregatida ko‘mir-kukuni havo aralashmasining portlashi natijasida “Vostokenergoteploizolyatsiya” AJning 3 nafar xodimi olingan jarohatlar natijasida vafot etgandi.
Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, jabrlanuvchilarning oila a’zolariga dafn marosimini o‘tkazish uchun 20-21 yanvar kunlari 4 million 866 ming so‘mdan birinchi moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, bugun, 22 yanvar kuni “Yangi-Angren IES” tomonidan vafot etganlarning oila a’zolariga qo‘shimcha ravishda 105 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Yangi-Angren IES”dagi portlash bo‘yicha jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi