Yana metro: “Hamid Olimjon” bekatida poyezd to‘xtab qoldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 24 may kuni ertalab soat 08:52 da metro poyezdi texnik sabablarga ko‘ra Hamid Olimjon bekatida to‘xtab qoldi. Ushbu xabarni “Toshkent metropoliteni” UK tasdiqlamoqda.

Ma’lum qilinishicha, voqea mashinist tomonidan poyezd nosozligini aniqlanish munosabati bilan sodir bo‘lgan. 

Ko‘rsatmaga binoan, yo‘lovchilar tushirilgan va poyezd zaxiraga — “Paxtakor” stansiyasining berk qismiga jo‘natilgan.

№16 yo‘nalish bo‘yicha orqadan kelayotgan poyezd yo‘lovchilarni olib, jadvalga muvofiq harakatlanishni davom ettirgan. 

Xabar so‘ngida “Toshkent metropoliteni” UK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Metro voqealari

Qayd etish kerakki, aprel oyida Toshkent metropoliteni tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Novza” bekatida poyezd to‘xtab qolgani haqida xabar berilgandi.

7 aprelda O‘zbekiston yo‘nalishining “G‘afur G‘ulom” bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilar zaxiradagi poyezdga ko‘chirilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda metroda poyezdlar to‘qnashib ketdi, deya talqin qilingandi.

8 aprel kuni Sergeli yo‘nalishida metro poyezdi harakati to‘xtab qolgandi. Yo‘lovchilar esa evakuatsi qilingan. 10 aprel kuni esa eng sharmandali va xavfli holat yuz berdi. Poyezd Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari oralig‘ida eshiklarini yopmasdan harakatlandi. Bu vaqtda vagonda yo‘lovchilar bo‘lgan, albatta.

Keyinchalik Toshkent metrosidagi tabloda behayo yozuv paydo bo‘ldi. Joriy yilning 21 may kuni Toshkentda yerusti metro bekati tomidagi qoplamalar shamolda uchib tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Metro

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing